
Raxmatov Bahodir Sodiqovich
Boshqaruv raisi
Qabul kuni: Chorshanba, 10:00 dan 11:00 gachaLavozim majburiyatlari
Birjaning Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Birja Kengashi vakolatiga kiradigan masalalaridan tashqari joriy faoliyatini o‘z vakolatlari doirasida boshqarish, Birjaning samarali va barqaror ishlashini ta’minlash;
Birja faoliyatida qonunchilik talablarining, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Birja Kengashi qarorlarining bajarilishini ta’minlash;
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Birja Kengashiga o‘z vakolatlari doirasida ishlarning holati to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
Birjani rivojlantirish dasturlari va biznes rejalarini ishlab chiqishni boshqarish, tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Buxgalteriya hisobi va hisobotining tashkil etilishi, to‘g‘riligi va ishonchliligini ta’minlash, yillik hisobot va boshqa moliyaviy hisobotlarni tegishli organlarga o‘z vaqtida va to‘liq taqdim etilishini ta’minlash;
Birjani malakali kadrlar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, xodimlarning bilim, malaka, tajriba va qobiliyatlaridan samarali foydalanish;
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi va Birja Kengashiga o‘z vakolati bilan bog‘liq ishlarning holati to‘g‘risidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish;
Aksiyadorlarning amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan axborotni olish, Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etish, ularga dividendlarni hisoblash va to‘lash bo‘yicha aksiyadorlarning barcha huquqlarini ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga, Birjaning Ustaviga va ichki normativ hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ega bo‘lishi mumkin.
Biografiya
Raxmatov Bahodir Sodiqovich 1986-yilda Buxoro viloyatida tavallud topgan. 2007-yilda Toshkent moliya instituti bakalavriyati “Bank ishi” mutaxassisligini va 2009-yilda shu institutning magistraturasi “Bank va kredit tavakkalchiligi” yo‘nalishida tahsil olgan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda “Aloqabank” ATBda boshlagan. 2008-2010-yillarda “Trastbank” XOBBda Kreditlash va investitsion loyihalari bo‘limida yetakchi mutaxassis, 2010-yildan boshlab "Kapitalbank" ATBda yetakchi mutaxassis, boshqarma boshlig'i, filial boshqaruvchisi va 2018-2023-yillarda boshqaruv raisi o'rinbosari lavozimlarida, 2024-2026-yillarda “ToshTXB” AJ Bosh direktori lavozimida faoliyat yuritgan. 2026-yil mart oyidan buyon "ToshTXB" AJ Boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Ubaydullayev Avaz Baxtiyorullayevich
Boshqaruv raisi o'rinbosari
Qabul kuni: Payshanba, 10:00 dan 11:00 gachaLavozim majburiyatlari
Davlat xaridlari subyektlari bilan ishlashni tashkil etish va nazorat qilish;
Birjaning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Davlat buyurtmachilari va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilarini davlat xaridlari elektron tizimiga jalb qilish ishlarini tashkil etish va muvofiqlashtirish;
Davlat xaridlari sohasidagi vakolatli organ, davlat xaridlari jarayonida ishtirok etayotgan boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Davlat xaridlari bo‘yicha elektron savdolarni tashkil etish hamda o‘tkazish ishlarini belgilangan tartib va talablarga muvofiqligini ta’minlash;
Davlat xaridlari elektron tizimining uzluksiz ishlashini, unga joylashtirilgan axborotning but saqlanishini va bir butunligini, davlat xaridlari elektron tizimining tegishli davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va axborot tizimlari hamda maxsus axborot portali bilan belgilangan tartibda uygʻun ishlashini taʼminlash;
Davlat xaridlari sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyotlarni o‘rganish ilg‘or texnologiyalarni takomillashtirish, innovatsion yechimlar bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va taqdim etish.
Biografiya
Ubaydullayev Avaz Baxtiyorullayevich 1985-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2006-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Tarjimonlik" fakultetida bakalavriyat bosqichini tamomlagan. 2006-yilda (AQSh) Boston universitetidagi xalqaro iqtisodiyot va marketing bo'yicha 1 yillik maxsus kursni tamomlagan. 2016-yilda "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot Universitetining "iqtisodiyot" yo'nalishini tamomlagan. 2023-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi qoshidagi "Davlat boshqaruv akademiyasining" maxsus "Boshqaruv mahorati" kursini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-2016-yillarda "Iskandar biznes" MChJ korxonasi direktori lavozimida boshlagan. 2016-2019-yillarda "Yunusobod dehqon bozori" AJda direktor o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-2021-yillarda Moliya vazirligining "Axborot hisoblash markazi" qoshidagi "Xt-xarid texnologiyalari" MChJ qo'shma korxonasida savdo departamenti direktori, 2021-2024-yillarda "Xt-xarid texnologiyalari" AJda ("Hayot birja" AJ) direktor o'rinbosari lavozimida, 2024-2026-yillarda “ToshTXB” AJ Bosh direktori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2026-yil mart oyidan buyon "ToshTXB" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Hakimov Shukurulla Xayrullayevich
Boshqaruv raisi o'rinbosari
Qabul kuni: Juma, 10:00 dan 11:00 gachaLavozim majburiyatlari
Birjaning tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
Marketing strategiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun kiritish va uning samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Bozorni o‘rganish, mijozlar ehtiyojini tahlil qilish va yangi xizmatlarni ilgari surish;
Yangi xizmat va mahsulotlarni ishlab chiqish, joriy etish va bozorda ilgari surish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Maqsadli bozorlarga kirib borish, mavjud bozorlarda ulushni kengaytirish va yetakchi o‘rinlarni egallash bo‘yicha strategiyalar ishlab chiqish;
Reklama, PR va kommunikatsiya siyosatini shakllantirish hamda uni amalga oshirishni tashkil etish;
Jamiyat brendini rivojlantirish, uning ijobiy imidjini shakllantirish va mustahkamlash choralarini ko‘rish;
Raqamli marketing, SMM, onlayn platformalar orqali xizmatlarni targ‘ib qilish ishlarini rivojlantirish;
Mijozlar murojaatlarini qabul qilish, qayta ishlash va tahlil qilish tizimini samarali tashkil etish;
Call-markaz xizmatlari sifatini doimiy nazorat qilish, xizmat ko‘rsatish standartlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ichki hujjatlar aylanishini samarali tashkil etish, hujjatlar bilan ishlash tartiblarini takomillashtirish va ijro intizomini nazorat qilish;
Xo‘jalik faoliyatini samarali tashkil etish, moddiy-texnik resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash.
Biografiya
Hakimov Shukurulla Xayrullayevich 1984-yilda Buxoro viloyatida tavallud topgan. 2006-yilda Toshkent moliya instituti bakalavriat, 2008-yilda magistratura bosqichini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasida boshlab, 2007-2014-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasida turli ma’sul lavozimlarda, 2014-2016-yillarda “Mikrokreditbank” ATB Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi, 2016-2018-yillarda “Buxoropaxtasanoat hududiy filiali” MChJ direktori, 2018-2019-yillarda “Mikrokreditbank” ATB Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi, 2019-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2020-2022-yillarda Shofirkon tuman hokimi, 2022-2024-yillarda “O‘zagrosug‘urta” AJ departament direktori o‘rinbosari, Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi, 2024-2025-yillarda “Agros hayot sug‘urta kompaniyasi” AJ bosh direktori, 2025-yilda “O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi Ijro etuvchi apparat boshlig‘i, Boshqaruv raisi o‘rinbosari v.v.b., 2025-2026-yillarda O'zbekiston Veterinar va chorvadorlar assotsiatsiyasi raisining Iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2026-yil aprel oyidan buyon "ToshTXB" AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.


