“Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati 2023-yil 5-dekabrda yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Jamiyatning asosiy faoliyat turlari:

Tovar-xom ashyo birjasi faoliyati

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan Jamiyatga tovar-xom ashyo birjasi faoliyatini amalga oshirish uchun 2024-yil 15-mayda 276260-sonli litsenziya taqdim etilgan.

“Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyati o’zining qulay, ishonchli va shaffof savdo mexanizmiga asoslangan, ishtirokchilarga masofadan turib birja savdolarida qatnashish imkonini beruvchi, ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, tashqi aralashuvdan ishonchli himoya qilish, maxfiy ma’lumotlarni sir saqlash, harakatchan va funksional tizim mezonlariga mos keluvchi “ebirja.uz - zamonaviy birja savdolari elektron tizimi”ga ega.

Ushbu tizimda 2024-yil 28-avgustdan boshlab birja tovarlarini kechiktirmasdan yetkazib berishni nazarda tutuvchi “SPOT” hamda birja tovarlarini kechiktirib yetkazib berish sharti bilan “Forvard” turlaridagi oldi-sotdi bitimlari amalga oshirilib kelinmoqda.

Jamiyatning birja savdolari elektron tizimi O‘zbekiston Respublikasining birjalar va birja faoliyati to'g'risidagi qonunchiligining barcha talablariga javob beradi va o‘z mijozlariga birja savdolarining shaffof va lozim tarzda o‘tkazilishini to‘liq kafolatlaydi.

ebirja – birja savdolari elektron tizimi orqali muayyan turdagi va sifatdagi, dastlabki koʻzdan kechirishni talab etmaydigan, sifat koʻrsatkichlari oʻzgarmasligi va birja bitimlari muntazam ravishda tuzilishi bilan tavsiflanadigan tovarlar sotiladi.

Davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “Toshkent tovar xomashyo birjasi” Aksiyadorlik jamiyatiga 2025-yil 16-oktyabrda davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun 1096379-sonli ruxsatnoma taqdim etilgan va Jamiyat tomonidan davlat xaridlari uchun ishonchli, zamonaviy va ochiq elektron tizimi ishga tushirildi.

Davlat xaridlari elektron tizimidagi elektron do’kon va uning sahifasi “milliy do’kon” orqali yetkazib beruvchilar tomonidan mahsulotlari va ular to’g’risidagi ma’lumotlarni tez va oson joylashtirish imkoniyati yaratilgan, o’z navbatida buyurtmachilar uchun boshlangʻich narxni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, eng yaxshi takliflarni tanlash va tender savdolariga xarid qilinadigan mahsulotlar to’g’risidagi e’lonlarni joylashtirish imkoniyati yaratilgan.

Davlat xaridlari jarayonining barcha bosqichlarida quyidagi asosiy tamoyillar qo’llaniladi:

  • Kasbiy mahorat va masʼuliyatlilik;
  • Asoslanganlik;
  • Moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi;
  • Ochiqlik va shaffoflik;
  • Raqobat va xolislik;
  • Mutanosiblik;
  • Barqarorlik;
  • Davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi;
  • Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.

Jamiyatning maqsadi

Zamonaviy raqamli platformani yaratish orqali, mamlakat tovar-xomashyo bozoridagi texnologik yetakchilikni qoʻlga kiritish hamda davlat xaridlarining maksimal iqtisodiy samaradorligi va shaffofligini taʼminlash.

Jamiyatning missiyasi

Tovar-xom ashyo bozorida erkin raqobat va tenglik tamoyillarini hamda davlat xaridlarida maksimal shaffoflik va iqtisodiy samaradorlikni taʼminlash orqali, milliy elektron savdo ekotizimida texnologik va operatorlik yetakchiligini kafolatlovchi zamonaviy raqamli platformaga aylanish.

Jamiyatning qadriyatlari:

Innovatsiya – biz rivojlanish, yangiliklar yaratish va o‘zimizni takomillashtirish uchun innovatsion qarorlarni qo‘llab - quvvatlaymiz;

Ishga fidoiylik – birjaning rivoji uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz, o‘zimizning professional kasbiy darajamizni oshirib boramiz;

Jamoaviylik – o‘z maqsadimizga erishish uchun turli ko‘nikma, kasbiy bilim va tajribalarni almashish hamda ishonch, o‘zaro yordam va birdamlik asosida munosabatda bo‘lamiz;

Aniqlik va ochiqlik – qoidalarimiz va jarayonlarimiz bozor ishtirokchilari uchun shaffof bo‘lishini ta’minlaymiz.

Ruxsatnoma

Interaktiv xizmatlar

Menyu