Listing komissiyasi
Listing komissiyasi tovarlarni birja savdolariga qo‘yilishi uchun ruxsat berish va ularni birja kotirovka list (listing)ga qo‘shish yoki chiqarish (delisting), hamda qayta kiritish (relisting) qarorlarini qabul qiladi. Komissiya tovarni birja kotirovka listiga qo‘shish to‘g‘risidagi arizani 7 ish kuni davomida ko‘rib chiqadi. Komissiya tarkibi “ToshTXB” AJ Boshqaruvi tomonidan tasdiqlanadi.
Arbitraj komissiyasi
Arbitraj komissiyasining asosiy vazifalari bu o‘z vakolati doirasida birja savdolari bo‘yicha yuzaga kelgan nizolarni obyektiv, tezkor va to‘g‘ri hal etish hisoblanadi. Birja, birja aʼzolari va ularning mijozlari yuzaga kelgan nizolarni hal etish maqsadida komissiyaga murojaat qilish huquqiga egadirlar. Birja savdolari bitimlarini bajarishga oid nizolar paydo bo‘lgan holatlarda jarima sanksiyalarini qo‘llash to‘g‘risidagi ariza yetkazib berish muddati yakunlangan paytidan boshlab uch ish kunidan kechiktirilmasdan arbitraj komissiyasiga topshiriladi. Arizalar mijoz yoki birja aʼzolarining shaxsiy kabinetlari orqali komissiyaga jo‘natiladi.
Nazorat komissiyasi
Nazorat komissiya Birjada ro‘yxatdan o‘tkan birja aʼzolari, ularning treyderlari va birja xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarlik ishlarini ko‘rib chiqadi va ularga nisbatan Nazorat komissiyasining nizomiga muvofiq qaror chiqaradi. Komissiya yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklarni birja tarkibiy tuzilmalar, arbitraj komissiyasi va/yoki birja aʼzosining arizasiga muvofiq ko‘rib chiqadi. Intizom komissiyasi chiqargan qarorlar birja aʼzolari tomonidan bajarilishi shart hisoblanadi.